Muxolifatchi kuchlarni qo‘llab-quvvatlayotgan minglab albaniyaliklar 21-fevral kuni parlament binosi oldiga to‘planib, hukumatdan ishini to‘xtatishini talab qildi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Xabarda aytilishicha, muxolifatchilar hukumatni korrupsiya bilan shug‘ullanganlikda va jinoiy guruhlar bilan aloqa o‘rnatganlikda ayblamoqda.
Muxolifatchilarning tarafdorlari parlament binosi oldida hukumatga qarshi shiorlar yozilgan plakatlar ko‘tarib, noroziligini ifodalagan.
Tirana markazidagi parlament binosini yuzlab politsiyachilar qo‘riqlamoqda. Perimetr atrofi tikonli sim bilan o‘ralgan. 21-fevral, payshanba kungi parlament sessiyasi bekor qilingan.
Eslatib o‘tamiz, 16-fevral kuni Albaniyada muxolifatchilar hukumat binosiga kirishga uringan edi. Ammo politsiya bunga yo‘l qo‘ymagan.
Izoh (0)