Bishkeklik qiz O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan ikki ayolni urib yubordi. Bu haqda Qirg‘iziston OAVlari ma’lum qildi, deb yozadi “Podrobno.uz”.
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 21-fevral kuni taxminan 12:50 da Lexus-470 markali avtomobilning haydovchisi 23 yoshli B.A. Chingiz Aytmatov prospekti bo‘yicha harakatlanayotib, Slavyanskiy ko‘chasi bilan kesishmasida piyodalarni urib ketdi. Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, jabrlanganlar O‘zbekiston fuqarolaridir.
YTH oqibatida 34 yoshli Ye.D. va 58 yoshli M.N. jarohatlar bilan Bishkek travmatologiya va ortopediya ilmiy-tadqiqot markaziga murojaat qilgan.
Hodisa yuzasidan to‘plangan materiallar Bishkek IIBBga topshirilgan. Surishtiruv boshlangan.
Izoh (0)