Oliy sud raisining o‘rinbosari - Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimida ishlagan Bahodir Dehqonov bugun, 21-fevral o‘z xizmat xonasida qo‘lga olindi. Bu haqda “Daryo”ga o‘z manbalari ma’lum qildi.
Bahodir Dehqonov Oliy Majlisning Senati tomonidan 2017-yil 27-may kuni besh yil muddatga Oliy sudi raisining o‘rinbosari – Ma’muriy ishlar bo‘yicha sudlov hay’ati raisi lavozimiga saylangandi.
U o‘z vazifasiga 2017-yilning 1-iyunida kirishgan.
Bundan avval, Bahodir Dehqonov Oliy xo‘jalik sudi raisining o‘rinbosari lavozimida ishlagan.
Izoh (0)