Bangladesh poytaxti Dakkada yuz bergan yong‘inda kamida 41 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Yong‘in kimyoviy mahsulotlar ombori sifatida ham foydalanilgan 4 qavatli turar joyda ro‘y berdi.
Dastlabki taxminlarga ko‘ra, alangalanishga gaz balloni portlashi sabab bo‘lishi mumkin.
Qurbonlar soni yanada ortishi mumkinligi bildirilmoqda.
Izoh (0)