Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Termizda 2-sinfda o‘qiydigan o‘g‘lini 25 million so‘mga sotish istagida bo‘lgan ayol qo‘lga olindi, deya xabar beradi “UZ24”.

Foto: “UZ24”

Foto: “UZ24”

2019-yilning 1-fevral kuni termizlik N.N. 2019-yil yanvar oyining o‘rtalarida fuqaro Zubayda (ism shariflar shartli ravishda o‘zgartirilgan) ismli ayol o‘zining o‘g‘li Arslonbekni 25 million so‘mga sotish maqsadi borligini va uning ushbu ishlari qonunga xilof ekanligini va unga nisbatan qonuniy chora ko‘rilishini so‘rab Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i nomiga ariza bilan murojaat qilgan.

Foto: “UZ24”

Foto: “UZ24”

Mazkur holat yuzasidan 2019-yilning 2-fevral kuni viloyat IIB JQB UJQKB xodimlari tomonidan Termiz tumani Alisher Navoiy nomidagi mahalla hududida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Zubayda o‘g‘lini 20 million so‘mga N.N.ga sotayotgan vaqtida tezkor tadbir vaqtida qo‘lga olingan.

Foto: “UZ24”

Foto: “UZ24”

Hozirda mazkur holat yuzasidan, Z.J.ga nisbatan Jinoyat Kodeksining 135-moddasi 3-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
Hindistonda voyaga yetmagan qizlarga uylanishda ayblanib, 2 mingdan ortiq erkak hibsga olindi
Dunyo
AQSH harbiylari mamlakat osmonida uchayotgan Xitoy sharini urib tushirdi. Pekin norozilik bildirdi (video)
Dunyo
“Putin menga Zelenskiyni o‘ldirmaslikka va’da bergan” — Isroil sobiq bosh vaziri Bennet Rossiya prezidenti bilan suhbati haqida gapirib berdi