Saudiya Arabistoni shahzodasi Muhammad bin Salmon Angliya premyer ligasi klubi “Manchester Yunayted”ni sotib olishni rejalashtirmoqda, deb xabar beradi The Sun.
Qirollik oilasi a’zosi “qizil iblislar” uchun 3,8 milliard funt to‘lashi mumkin. Shahzoda bu borada yangi mavsum boshiga qadar kelishuvga erishish niyatida. Agar tomonlar kelishuvga erishadigan bo‘lsa, “Manchester Yunayted”ning hozirgi egalari amerikalik tadbirkorlar Gleyzerlar klub sotuvidan 2,2 milliard funt sof foyda oladi.
Qayd etilishicha, Gleyzerlar o‘zlarining klubini sotish niyatida emas. Biroq ular Salmonning taklifiga qiziqish bildirmoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)