16-fevral, shanba kuni futbol bo‘yicha Angliya Kubogining 1/8 finali doirasida 3 ta uchrashuv bo‘lib o‘tadi.
Angliya Kubogining dastlabki nimchorak bahsida “Uotford” mehmonda KPRni kichik hisobda mag‘lub etdi (1:0). O‘yindagi yagona gol 45-daqiqada Etyen Kapue tomonidan kiritildi. Shu tariqa “Uotford” birinchilardan bo‘lib, chorak finalga chiqdi.
Musobaqa favoritlaridan biri Xosep Gvardiola qo‘l ostidagi “Manchester Siti” klubi Angliyaning 3-divizionida to‘p suradigan “Nyuport Kaunti” maydoniga safar qiladi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 22:30 da boshlanadi.
18-fevral, dushanba kuni mazkur bosqichning markaziy o‘yini Londondagi “Stemford Brij” stadionida bo‘lib o‘tadi. Unda Mauritsio Sarri boshliq “Chelsi” klubi Ole-Gunnar Sulsher boshqaruvidagi “Manchester Yunayted” jamoasi bilan jang qiladi. Bellashuvga tungi vaqt bilan soat 00:30 da start beriladi.
Angliya Kubogi
1/8 final bahslari
15-fevral, juma
KPR—“Uotford” 0:1
Gol: 0:1 — 45 Kapue.16-fevral, shanba
“Byorton”—“Derbi Kounti” 17:30
“Uimbldon”—“Milluoll” 20:00
“Nyuport Kaunti”—“Manchester Siti”
17-fevral, yakshanba“Bristol Siti”—“Vulverhempton” 18:00
“Donkaster R”—“Kristal Pelas” 21:00
“Suonsi”—“Brentford” 21:00
18-fevral, dushanba“Chelsi”—“Manchester Yunayted” 00:30
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)