• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12509.83
    • RUB156.55
    • EUR14520.16
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +32°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    G‘uzordagi cho‘kayotgan maktab mas’ullar e’tiborini tortdi, endi muammo hal bo‘ladimi?

    G‘uzor tumanidagi 2-umumta’lim maktabi tumanda ko‘zga ko‘ringan maktablardan biri. Albatta, o‘quvchilarga ta’lim-tarbiya berish borasida. Maktab binosining yaroqliligi va o‘quvchilar uchun yaratib berilgan shart-sharoit xususida esa “sho‘riga sho‘rva to‘kilganlardan”.

    Foto: “Daryo”

    Xizmat safari bilan umumta’lim maktabida bo‘lganimizda, sinfxona linoleumlarining abgor holga kelganiyu, juda eski partalar, oyoq qo‘ysang poli o‘pirilib tushar darajaga yetgan o‘quv xonalarining holatini ko‘rib, to‘g‘risi, ko‘nglimiz xira tortdi. Dard ustiga chipqondek eng yomoni maktab binosi ham cho‘kayotgan ekan.

    Maktab rahbariyatining ma’lum qilishicha, o‘quv binosi bundan 20 yil oldin cho‘kishni boshlagan. O‘sha paytda buning oldini olish maqsadida 60 tonna sement bino devorlarining ostki qismiga suvga aralashtirilib, suvab chiqilgan.

    Foto: “Daryo”

    “Maktab binosining cho‘kishi bundan 20 yil oldin boshlangandi, — deydi maktab direktorining xo‘jalik ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Xayrulla Omonov. – O‘sha paytda binoning ostki qismiga 60 tonna sement suvga aralashtirilib, devorga urib chiqilgandi. Ammo vaqt o‘tgani sari cho‘kish holati yana davom etmoqda”.

    Maktab direktori Nodira Ro‘yopovaning ma’lumot berishicha, umumta’lim maktabi 1975-yil 624 o‘ringa mo‘ljallab barpo etilgan bo‘lib, hozirda 762 nafar o‘quvchini bag‘riga sig‘dirgan.

    Foto: “Daryo”

    “Maktabimiz 1975-yildan beri biror marta ham kapital ta’mir qilinmagan, — deydi maktab direktori Nodira Ro‘yopova. – Shuni inobatga olgan holda 2018-yil kapital ta’mirlash uchun 2 milliard 200 million so‘m mablag‘ ajratilgandi. Ammo yonimizdagi kollej bo‘shayotganligi sababli “shu kollejni beramiz” deb kapital ta’mirga ajratilgan pulni qaytarishdi”.

    Maktab direktorining aytishicha, o‘quv dargohi ahvoli og‘irligi sabab viloyat xalq ta’limi boshqarmasi tavsiyasi bilan kapital ta’mirlanishi lozim bo‘lgan maktablar sirasiga kiritilgan.

    Foto: “Daryo”

    “Hatto tender o‘tkazilib, tenderda yutgan quruvchi tashkilot rahbari ham maktabimizga kelib, ertasi kuni ishchilari ishni boshlashini bildirgandi, — deydi maktab direktori. – Keyin meni o‘sha paytda boshqarma boshlig‘i sifatida ishlab kelayotgan Laziz Xolov chaqirtirib, yonimizdagi kollej bo‘shayotganligi sababli qurilish ishlari to‘xtatilishini aytdi”.

    Nodira Ro‘yopovaga ko‘ra, G‘uzor tumani hokimi Sa’dulla Boboqulov maktab direktoriga muammoni tez orada hal etishini, maktab yonida joylashgan G‘uzor transport kasb-hunar kollejini foydalanishga olib berishini aytib, viloyat hokimiga xat bilan chiqqanini bildirgan.

    Nodira Ro‘yopova.

    Nodira Ro‘yopova.
    Foto: “Daryo”

    “Kollejning 270 nafar bitiruvchisi bor ekan, — deydi maktab direktori. – Kelasi yil sentabr oyidan boshlab kollej bo‘shaydi. Shunda bino xalq ta’limi Vazirligi ixtiyoriga o‘tkazilib, bizga foydalanish uchun berilar ekan”.

    “Bo‘shab qolgan kollej binolarini maktablarga berish masalasini mahalliy hokimiyatlar mustaqil ravishda hal etolmaydi, — deydi Qashqadaryo viloyat o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi hududiy boshqarmasi boshlig‘i Kamol Yangiboyev. – Mazkur masala yuzasidan viloyat hokimligi tomonidan umumta’lim maktablarida 10–11-sinflar qayta tashkil etilgani bois sinfxonalari yetishmayotgan maktablarga 700–800 o‘ringa mo‘ljallangan kollejlar binosining bo‘sh turgan qismini vaqtincha foydalanib turishi uchun berish to‘g‘risida topshiriq berilyapti. Biroq, binoni butkul topshirib qo‘yolmaymiz. Masalan Dehqonobod tumanidagi 70-umumta’lim maktabi tuman markazidagi Agro sanoat kasb-hunar kollejining bo‘sh turgan sinfxonalaridan foydalanib turibdi. G‘uzor tumanidagi mazkur 2-umumta’lim maktabi ham yonida joylashgan G‘uzor transport kasb-hunar kollejining bo‘sh turgan sinfxonalaridan foydalanishi mumkinligi ko‘zda tutilgan”.

    Foto: “Daryo”

    Mazkur jarayonni o‘rganayotgan paytimiz 2-umumta’lim maktabi direktori Nodira Ro‘yopova qo‘ng‘iroq qilib, biz maktabda bo‘lib qaytgan kunimizning ertasigayoq viloyat hokimi o‘rinbosari Dolli Allayev boshchiligidagi ishchi guruh maktabda bo‘lganligini, tez orada maktab kollejga o‘tishi mumkinligini aytganini bildirdi. Va ishchi guruhning maktabda bo‘lganini isbotlovchi suratlarni taqdim etdi.

    Mutasaddilarning muammoga e’tibor qaratgani quvonarli hol, albatta. Ammo hamma gap ijro qanday yakun topishida. Biz holatni kuzatamiz va mavzuga albatta qaytamiz.

    15.02.2019, 13:44   Izoh (0)   25290
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    Sergeli metro liniyasining qurilishi qanchaga tushishi aniq bo‘ldi

    15.02.2019, 13:00

    Shavkat Mirziyoyev Aleksandr Vuchichni Serbiya davlatchiligi kuni bilan tabrikladi

    15.02.2019, 12:45

    Buxoroda odam salomatligi uchun xavfli yog‘ ishlab chiqarish yashirin sexi fosh etildi

    15.02.2019, 12:30

    15-fevral — “Xalqaro bolalar onkologiyasi kuni”: Saraton yana bir bolaning umrini xazon qilmasin!

    15.02.2019, 12:22

    Farg‘onada shifokor kaltaklandi. Jinoyatni yashirish uchun tuman hokimi va imom-xatib o‘rtaga tushdi

    15.02.2019, 11:48

    Erkinjon Turdimov: Samarqanddagi qurilish bilan bog‘liq pinhona kelishuvlar korrupsiyaga yo‘l ochgan

    15.02.2019, 11:01
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    “Bog‘ibaland”da anjir sayli: Samarqandda milliy meva bayrami bo‘lib o‘tdi 


    “Yangi O‘zbekiston” bog‘i yo‘llari yopilgani haqidagi xabarlar asossiz 


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Central Asian University xalqaro Vasiylik kengashi tashkil etilganini e’lon qiladi 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Bir-birimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi


    Way II kompaniyasidan ikkinchi dividend to‘lov


    APEX BANKdan biznes uchun individual xizmat ko‘rsatish — bu qulaylik bilan biznes yuritish demakdir


    Namangan, Farg‘ona va Andijon Pepsi Music Fest quvvati bilan birlashdi!

     

    Tavsiya etamiz

    Toshkentda issiqlik ta’minoti va issiq suv tariflari yana oshirilishi mumkin

    13 avgust, 09:46
    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Dollar kursining pasayishi: O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun imkoniyatmi yoki xavf?

    Pul | 13 avgust, 19:56

    Bir-birimizga: O‘zbekistondagi e’lonlar xizmati qanday qilib har bir narsaga ikkinchi umr beruvchi kampaniyani ishga tushirdi

    Reklama | 13 avgust, 19:30

    “Manchester Yunayted” Keynni APLga qaytarmoqchi

    Sport | 13 avgust, 19:47

    Belarus va Rossiya yadro qurolidan foydalanishni rejalashtirish bo‘yicha mashg‘ulot o‘tkazadi

    Dunyo | 13 avgust, 19:40

    Asossiz yechib olingan pullar bugun kun oxirigacha soliq to‘lovchilarga qaytariladi — Soliq qo‘mitasi

    Iqtisodiyot | 13 avgust, 19:24

    Ruhiy qashshoqlik nima va undan nega zudlik bilan qutulish kerak?

    Maslahatlar | 13 avgust, 19:22

    Qozog‘iston hukumati Kaspiy dengizi muammolarini o‘rganish uchun 560 ming dollar ajratdi

    Dunyo | 13 avgust, 19:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.