Energizer kompaniyasi 18 ming mA/soat batareya bilan bir marta quvvat olgandan keyin 50 kungacha ishlaydigan smartfon yaratdi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar berdi.
Gadjetning taqdimoti Barselonada bo‘lib o‘tadi.
Ishlab chiqaruvchi yangi mahsulotni “batareyasi baquvvat bo‘lgan birinchi smartfon” deb atagan.
Xabarda aytilishicha, to‘liq zaryadlangan batareya 100 soatlik musiqa va ikki kungacha to‘xtovsiz video ijro etishga yetishi kerak.
Shuningdek, yangi mahsulot dasturiy ta’minotni optimallashtiruvchi va energiyani tejovchi texnologiyalarni ham qabul qiladi. Gadjetni “normal” ishlatganda quvvati bir haftaga yetishi kerak.
Smartfonning 16+2 megapikselli qo‘sh old kamera va 12+5+2 megapikselli uchtalik sensorli asosiy kamerasi bor. Qurilmaning asosiga MediaTek Helio P70 protsessori o‘rnatilgan.
Izoh (0)