“Real Madrid” hujumchisi Karim Benzema Yevropa Chempionlar Ligasi nimchorak finalining dastlabki uchrashuvida “Ayaks” darvozasiga gol urdi (2:1).
Bu hujumchining mazkur musobaqadagi 60-goli hisoblanadi. Bu haqda Squawka xabar berdi.
31 yoshli fransuz Yevropa Chempionlar Ligasi davrida eng ko‘p gol urgan 4-futbolchi bo‘ldi (1991-yilga qadar musobaqa Chempionlar Kubogi deb atalgan).
Benzemadan oldin oltmishlik dovondan faqat uch nafar futbolchi o‘tgandi. Ayni damda YChL to‘purarlari kuchli uchligi quyidagicha: Raul Gonsales 71 ta gol bilan 3-o‘rin, Lionel Messi 106 ta gol bilan 2-pog‘onada, yaqqol to‘purar Krishtianu Ronalduda esa 121 ta gol mavjud.
Ma’lumot uchun, Benzema joyiy mavsum La Ligada 23 ta uchrashuvda maydonga tushib, 10 ta gol urdi va 3 ta golga uzatma berdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)