Yevropa Chempionlar Ligasining 1/8 final bahsidan o‘rin olgan “Manchester Yunayted”—PSJ uchrashuvida uch nafar futbolchi jarohat oldi.
“Manchester Yunayted”ning fransiyalik hujumchisi Antoni Marsial 1-bo‘limning oxirlarida mushaklaridan jarohat oldi. Ikkinchi bo‘limda uning o‘rniga zaxiradan Xuan Mata maydonga tushirildi.
Klubning yana bir a’zosi Jessi Lingard ham o‘yinning 45-daqiqasiga kelib mushaklaridan jarohat oldi. Avvaliga u maydonga qaytdi, ammo 1-bo‘limga qo‘shib berilga daqiqalarda Lingard ham zaxiraga olindi va darhol kiyim almashtirish xonasiga tibbiy xizmat vakillari bilan yo‘l oldi. Uning o‘rniga esa Aleksis Sanches o‘yinni davom ettirdi.
PSJning yaqinda jarohatidan tuzalib, safga qaytgan italiyalik yarim himoyachisi Marko Verratti ham mazkur bellashuvda jarohatlandi. U 75-daqiqada jarohati sabab, o‘yinni davom ettira olmasligi ma’lum bo‘ldi. Natijada uning o‘rniga zaxiradan Leandro Paredes (u qishki transferlar vaqtida “Zenit” klubidan 40,2 million yevro evaziga sotib olingandi) maydonga tushdi.
Klublar o‘rtasidagi javob uchrashuvi 6-mart kuni bo‘lib o‘tadi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)