11-fevral kuni xalq orasida “Semashko” nomi bilan ataluvchi Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy markazida ko‘ngilsiz hodisa yuz berdi. Bu haqda UzNews xabar berdi.

Foto: UzNews

Ushbu tibbiy muassasada massajchi bo‘lib ishlovchi 1983-yilda tug‘ilgan Olesya T. shifoxonaning uchinchi qavatidan pastga sakragan. Ayol voqea joyida halok bo‘lgan.

Holat yuzasidan sud-tibbiy ekspertizasi tayinlangan, tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.