Prezident qarori bilan 2019—2029-yillarda O‘zbekistonda atom energetikasini rivojlantirish konsepsiyasi tasdiqlandi. Bu haqda “Daryo”ga “O‘zatom” agentligi matbuot xizmati ma’lum qildi.
Qaror bilan 2019—2029-yillarda O‘zbekistonda atom energetikasini rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish bo‘yicha “Yo‘l xaritasi” ham tasdiqlangan.
Yo‘l xaritasi quyidagi tadbirlarni bajarishni o‘z ichiga olgan:
- yadro xavfsizligi sohasidagi xalqaro konvensiyalarga qo‘shilish yoki ularning qoidalarini O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga implementatsiya qilish, shuningdek atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish sohasida normalar va qoidalarni ishlab chiqish va qabul qilish;
- maydonchani tanlash va AESni joylashtirishni litsenziyalash, AES va uning tashqi infratuzilma obyektlarini loyihalashtirish, qurish va foydalanishga topshirish;
- atrof-muhitni muhofaza qilish va radiatsiya himoyasi, shu jumladan ishlatib bo‘lingan yadro yoqilg‘isini olib chiqish va saqlash, shuningdek yangi va ishlatib bo‘lingan yadro yoqilg‘isi bilan ishlash;
- atom ilm-fani va texnologiyalarini, shu jumladan iqtisodiyot va ijtimoiy soha tarmoqlari uchun noenergetik yadro texnologiyalarini, yadro tibbiyoti va radiokimyoni rivojlantirish;
- Konsepsiyada nazarda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishini monitoring va nazorat qilish.
Izoh (0)