“Barselona” darvozaboni Mark-Andre ter Shtegen Ispaniya chempionatining 23-turida “Atletik Bilbao”ga qarshi o‘yinda o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi (0:0).
Opta’ning xabar berishicha, 26 yoshli germaniyalik La Liganing so‘nggi 6 ta uchrashuvida o‘z darvozasiga yo‘llangan 34 ta aniq zarbaning 30 tasini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi (shundan 3 ta o‘yinda o‘z darvozasidan to‘p o‘tkazib yubormadi).
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)