Samarqand viloyatida bugungi kunda 150 ming nafardan ortiq kishi ishsiz. Bu haqda viloyat prokurori Farhod Zufarov ma’lum qildi, deya xabar beradi “Zarnews”.
Jumladan, bu ko‘rsatkich Samarqand shahrida 21,9 ming, Urgut tumanida 18,2 ming, Pastdarg‘om tumanida 14,4 ming, Kattaqo‘rg‘on tumanida 11,7 ming, Samarqand tumanida 10,3 ming, Ishtixon tumanida 9,9 ming, Jomboy tumanida 9,9 ming, Payariq tumanida 9,8 ming, Narpay tumanida 9,0 ming, Bulung‘ur tumanida 7,8 ming, Toyloq tumanida 7,2 ming, Oqdaryo tumanida 6,9 ming, Paxtachi tumanida 6,1 ming, Nurobod tumanida 5,8 ming, Qo‘shrabot tumanida 5,7 ming va Kattaqo‘rg‘on shahrida 3,4 ming kishini tashkil etmoqda.
163 ming 453 nafar fuqaro ish qidirib chet davlatlarga chiqib ketgan.
Izoh (0)