YeTTB joriy yilda O‘zbekistondagi investitsiya portfelini kengaytirish va istiqbolli sohalardagi loyihalarni amalga oshirish uchun qo‘shimcha moliyalashtirishni jalb etishni rejalashtirmoqda, deb yozadi “Podrobno.uz”.
Bu haqda investitsiyalar va tashqi savdo vaziri Sardor Umurzoqovning YeTTBning Markaziy Osiyo bo‘yicha boshqaruv direktori Bruno Balvanera bilan muzokaralari yakunlari bo‘yicha ma’lum qilindi.
YeTTB direktori Umurzoqov bilan suhbat davomida bank O‘zbekiston bilan hamkorlikni kuchaytirish yo‘nalishiga sodiq ekanligini ta’kidladi va o‘tgan davr ichida erishilgan kelishuvlar va birgalikdagi ishlar natijalarini sanab o‘tdi.
Bugungi kunda bank bilan umumiy qiymati 622,5 million dollarlik yettita loyiha bo‘yicha zayom bitimlari imzolangan. Ular poytaxt va respublikaning boshqa hududlarida suv ta’minoti va markazlashgan issiqlik ta’minoti tizimini yaxshilash, shuningdek, elektr energetikasi sohasini modernizatsiya qilishga qaratilgan.
YeTTB 1992-yildan 2010-yilga qadar 54 ta loyiha uchun O‘zbekistonga 894 million yevro investitsiya kiritgan.
Izoh (0)