Bo‘rilarni vertolyotdan otib o‘ldirishni taklif qilgan qirg‘iz parlamenti deputati Qamchibek Joldoshbayev endi ularga tankdan o‘q uzish fikri bilan chiqdi. Bu haqda “RIA Novosti” xabar qildi.
Sovuq qish ta’sirida och qolgan bo‘rilar insonlar uchun xavf tug‘dirmoqda.
“Ular tog‘ echkilarini yeb bitirishdi. Endi esa ochlikdan mahalliy xalqning hovlisi atrofida paydo bo‘lmoqda,” — deydi parlamentchilar.
Avvalroq deputat O‘rmonchilik xo‘jaligi boshlig‘i Abdikalik Rustamovga bo‘rilarni vertolyotdan otib o‘ldirish kerakligini taklif qilgan.
“Lekin Rustamov vertolyotdan o‘q uzish ilojsiz deyapti. Ovchilikning boshqa usullarini qo‘llaymiz. Endi bo‘rilarni tanklar yordamida qirish kerak,” — deydi deputat.
Bundan tashqari, Joldoshbayev bitta bo‘ri otib tashlash uchun ajratilgan 6 ming somga (taxminan 85 dollar) yana 2 ming somni qo‘shib qo‘yishni taklif qilmoqda. Buning sababi o‘q uzishdagi qiyinchiliklar va og‘ir ob-havo sharoitlari bilan bog‘liq.
Uning so‘zlariga ko‘ra, tog‘li Kemin tumanida bitta bo‘ri uchun o‘nta ovchi biriktirilgan.
Izoh (0)