169 nafar yo‘lovchini olib ketayotgan Boeing 737 samolyoti portlovchi qurilma haqidagi xabar sabab Stokgolmning Arland aeroportiga qaytishga majbur bo‘ldi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.
Portlovchi qurilma haqidagi xabar samolyot aeroportdan chiqib ketishi bilan kelgan.
Hozirda politsiya xodimlari aviakompaniyaga bomba haqida qilingan tahdid bo‘yicha ma’lumotlarni o‘rganmoqda.
Izoh (0)