Toshkentda barpo etilayotgan “Navro‘z” bog‘i hududida etnoshaharcha paydo bo‘ladi. Unda O‘zbekistonning har bir viloyati o‘z an’analari, urf-odatlari bilan namoyish etiladi, deb yozadi “Novosti Uzbekistana”.
Etnoshaharchaga tashrif buyurganlar choyxonalarda milliy taomlardan tatib ko‘rishi, xalq hunarmandchiligi suvenirlarini esdalik uchun xarid qilishi mumkin.
“Navro‘z” yangi bog‘i hududi uchun 32 gektar yer ajratilgan. Bu yerda 3 ming tomoshabinni o‘ziga sig‘diruvchi amfiteatr barpo etiladi. Bog‘da Mustaqillik kuni va Navro‘z kabi bayramlarni nishonlash rejalashtirilmoqda. Shuningdek, bu yerda xalq sayillari va konsertlar o‘tkaziladi.
“O‘ztemiryo‘lqurilishmontaj” UK va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ mutaxassislari tomonidan qurilayotgan bog‘ning ochilishi joriy yilga mo‘ljallangan.
Izoh (0)