2019-yil 5-fevral kuni Toshkent shahridagi bo‘sh (vakant) notarius lavozimlariga tanlovlar o‘tkazildi. Notarius lavozimiga tanlovda qatnashish uchun jami 44 nafar nomzod talabgor sifatida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Oliy malaka komissiyasiga hujjat topshirdi. Bu haqda Adliya vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Tanlov natijasiga ko‘ra, Toshkent shahridagi 22 ta davlat notarial idorasiga notarius tayinlandi. Jumladan:
- Chilonzor tuman 4-son DNI notariusi lavozimiga — Xudoyberdiyev Axmat Eshqobilovich;
- Chilonzor tuman 8-son DNI notariusi lavozimiga — Yormatov Komil Oralovich;
- Chilonzor tuman 10-son DNI notariusi lavozimiga — Kariyeva Muxlisa Bahodirovna;
- Chilonzor tuman 12-son DNI notariusi lavozimiga — Ermanova Roza Farhodovna;
- Olmazor tuman 12-son DNI notariusi lavozimiga — Hamidova Adiba Mizrobovna;
- Yakkasaroy tuman 1-son DNI notariusi lavozimiga — Ahmedov Shavkat Rahmadovich;
- Yakkasaroy tuman 9-son DNI notariusi lavozimiga — G‘afurova Dildora Abduhoshimovna;
- Yakkasaroy tuman 10-son DNI notariusi lavozimiga — Ravshanov Sherzod Murodillo o‘g‘li;
- Mirobod tuman 1-son DNI notariusi lavozimiga — Shodmonova Mohira Furqatovna;
- Mirzo Ulug‘bek tuman 7-son DNI notariusi lavozimiga — Jabborova Dilnoza Islombekovna;
- Shayxontohur tuman 1-son DNI notariusi lavozimiga — Nasirova Samiyajon Shuhratjon qizi;
- Shayxontohur tuman 3-son DNI notariusi lavozimiga — Samadova Dilafruz Hikmatullayevna;
- Shayxontohur tuman 11-son DNI notariusi lavozimiga — Nortojiyeva Sanobar Sodiqovna;
- Uchtepa tuman 3-son DNI notariusi lavozimiga — Nigmatov Sanjar Baxtiyor o‘g‘li;
- Uchtepa tuman 10-son DNI notariusi lavozimiga — Keldiyarova Zebiniso Ro‘ziyevna;
- Yunusobod tuman 2-son DNI notariusi lavozimiga — Ahmedova Dilbar Davronovna;
- Yunusobod tuman 3-son DNI notariusi lavozimiga – Ormonov Bahodirjon Mustafaqulovich;
- Yunusobod tuman 4-son DNI notariusi lavozimiga — Burxonova Dilinur Abdug‘aniyevna;
- Yashnobod tuman 8-son DNI notariusi lavozimiga — Do‘stmuhammad Sardora Fayzullayevna;
- Yashnobod tuman 9-son DNI notariusi — Isoqova Manzura Vladimirovna;
- Sergeli tuman 7-son DNI notariusi — Muborakov Anvar Xolmurataliyevichlar tayinlandi.
Tanlovlar ochiqlik, shaffoflik va odillik prinsiplariga asosan yangi tasdiqlangan Notarius lavozimiga tayinlash bo‘yicha tanlov o‘tkazish tartibi to‘g‘risidagi nizom bo‘yicha o‘tkazildi.
Tanlovda talabgorlarning davlat va jamiyat qurilishi hamda ijtimoiy-siyosiy sohadagi islohotlar, fuqarolik huquqi va notariat sohasidagi savodxonligi sinovdan o‘tkazildi.
Izoh (0)