Rossiyaning Tyumen viloyati Moskva shaharchasidagi hovlilarning birida balandligi besh metr keladigan qorbola topildi. Uni 19 yoshli talaba Aleksandr Melnik yasagan. Bu haqda TJournal xabar berdi.
Aleksandrning aytishicha, qorning yumshoqligi unga qiyinchilik tug‘dirgan. Shuning uchun u katta miqdordagi qorni yig‘ib, bir-biriga yopishtirgan. Natijada ulkan qorbola paydo bo‘lgan.
Aslida, Aleksandr qorbolani YouTube’da e’lon qilingan “Eng baland qorbola” tanlovida qatnashish uchun yasagan. G‘olibga 100 ming rubl mukofot va’da qilingan.
Izoh (0)