Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Sog‘liqni saqlash tizimi islohotlariga ilg‘or xorijiy tajribani joriy etishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risidagi Prezident qarori qabul qilindi. Bu haqda Adliya vazirligining “Huquqiy axborot” Telegram-kanalida aytiladi.

Foto: O‘zA

Foto: O‘zA

Qaror bilan sog‘liqni saqlash sohasiga ilg‘or xorijiy tajribani joriy etish bo‘yicha takliflar tayyorlash va islohotlarni ekspert jihatdan qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari lavozimi joriy etildi.

Vazir o‘rinbosari, jumladan, quyidagilar uchun mas’ul hisoblanadi:

xalqaro standartlar va Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining tavsiyalarini implementatsiya qilgan holda sog‘liqni saqlash sohasini kompleks huquqiy tartibga solish;

sog‘liqni saqlashni moliyalashtirish va tashkil etish tizimini takomillashtirish;

majburiy tibbiy sug‘urtani joriy etish;

davlat-xususiy sheriklik va tibbiy turizmdan foydalanishning eng yaxshi amaliyotlarini tatbiq qilish;

sohaga investitsiyalarni keng jalb etish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish va raqobat muhitini yaxshilash;

“elektron sog‘liqni saqlash” tizimlarini keng joriy etish.

Mazkur lavozimga sog‘liqni saqlash sohasidagi yuqori malakali xorijiy mutaxassis jalb etiladi hamda u Prezident tomonidan tayinlanadi.

Shuningdek, sog‘liqni saqlash vazirining mazkur o‘rinbosari bir vaqtda Bosh vazirning ijtimoiy rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari maslahatchisi hisoblanadi.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Abdulla Aripov Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni partiya kotibi bilan uchrashdi
Turkmaniston
Turkmaniston Arqadag‘ shahri loyihasini BMT Bosh assambleyasida taqdim etadi
Dunyo
Fransiya prezidentini ijtimoiy tarmoqda haqorat qilgan ayol hibsga olindi