Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Napoli” klubi sardori Marek Hamshik karyerasini Xitoy klubida davom ettiradi, deb xabar berdi Sky Sports.

Foto: beIN SPORTS

Foto: beIN SPORTS

31 yoshli slovakiyalik futbolchi “Dalyan Ifan” klubi bilan 3 yilga mo‘ljallangan shartnoma imzolgan. U bu muddat davomida 27 million yevro ishlab topadi.

Hamshik Xitoyda yiliga 9 million yevro maoshdan tashqari bonus sifatida qo‘shimcha mablag‘ga ham ega bo‘lishi ko‘zda tutilgan.

Ushbu transferdan “Napoli” esa 15 million yevroga ega bo‘ladi. Joriy mavsumda Marek Hamshik 13 ta o‘yinda maydonga tushdi.

U 2007-yildan buyon “Napoli” sharafini himoya qilib keldi. Futbolchi “Napoli” tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Dunyo
“Tolibon” yetakchisi amaldorlarga qarindoshlarini davlat lavozimidan bo‘shatishni buyurdi 
Mahalliy
O‘zbekiston musulmonlari idorasi ramazon taqvimini e’lon qildi
Dunyo
“Tolibon” O‘zbekiston delegatsiyasi bilan muzokara olib bordi. Nimalar muhokama qilindi? (video)