Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev respublikada muddatidan oldin prezident saylovlari bo‘lmasligini ma’lum qildi. Bu haqda Sputnik Qozog‘iston xabar berdi.
Bundan avval prezident Konstitsion kengashga murojaat bilan chiqqandi.
Nazarboyev so‘zlariga ko‘ra, bu masala uzoq muddat ko‘rib chiqilishi mumkin.
“Albatta, hammani saylov, tranzit va boshqa masalalar qiziqtiradi. Konstitutsiyani o‘qinglar, prezident haqida qonunlarni o‘qinglar. U yerda qachon saylov o‘tkazilishi, qachon muddat tugatilishi haqida hammasi aniq yozilgan. Ha, prezidentda muddatidan oldin saylovlarni e’lon qilish qonunan huquqi bor. Biroq bu bizga xavf tug‘dirmayapti. Kelinglar tinchlanamiz va normal ishlaymiz”, — dedi Nursulton Nazarboyev.
Video bayonot Facebook sahifada joylashtirilgan.
https://www.facebook.com/AkordaPress/videos/1174276112730763/?t=0
Bundan avval Nursulton Nazarboyev Konstitutsiyaning 42-moddasi 3-bandi bo‘yicha tushuntirish berish haqida Konstitutsion kengashga murojaat qilgandi. Unda davlat rahbarining vakolatlarini tugatish shartlari bayon etilgan.
Izoh (0)