The New York Times nashri Instagram’da “layk”lar bo‘yicha dunyo rekordini yangilagan World Record Egg akkauntining yaratuvchilari bilan suhbatlashdi, deb yozadi Meduza.

Foto: Instagram/World Record Egg

Tovuq tuxumining o‘ta mashhur akkauntini The & Partnership London reklama agentligining 29 yoshli xodimi Kris Godfri va uning ikki do‘sti o‘ylab chiqqanligi ma’lum bo‘ldi.

World Record Egg akkaunti odatiy tovuq tuxumini ilk bor 4-yanvar kuni joylashtirdi va quyidagi izohni qoldirdi: “Keling, birgalikda Instagram᾽ning o‘tgan yilgi rekordini yangilaymiz va bu suratni eng mashhur qilamiz. Kayli Jenner rekordini yangilaymiz”.

Dunyo rekordini yangilashi uchun tuxumga 9 kun kerak bo‘ldi; hozirda u 52 million “layk” to‘pladi. Undan keyin akkaunt tuxumning yangi — yoriq tusha boshlagan suratlarini joylashtira boshladi.

Godfriga birinchi berilgan savol: “Nega aynan tuxum?” savoli bo‘ldi. “Tuxumning jinsi, irqi va dini yo‘q. Tuxum bu tuxum, u universal”. U akkauntni ilgari surish uchun mashhur Instagram-blogerlarga haq to‘laganligi haqidagi ma’lumotni rad etdi.

Reklama sanoati vakillari allaqachon 10 million obunachiga ega bo‘lgan World Record Egg akkaunti yaratuvchilariga juda ko‘p mablag‘ keltirishi mumkin deb hisoblamoqda.