Toshkentning “Kitob olami” kitob majmuasida shaharning yangi ramzini (gerbi) aniqlash bo‘yicha tanlov ishtirokchilari ishlarining ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda, deb yozadi “Podrobno.uz”.
Shaharning yangi ramzini aniqlash bo‘yicha tanlovning final qismi yakuniga yetmoqda.
Tanlovda qatnashish uchun 310 ta loyiha va taklif berilgan. Unda 118 nafar rassom va dizayner ishtirok etdi. Ishlar muhokama qilingandan so‘ng mutaxassislar tomonidan finalchilar aniqlandi.
Beshta final ishidan eng yaxshi loyiha tanlab olindi, u yanvar oyida Toshkent shahar Xalq deputatlari kengashida muhokama qilindi.
Deputatlar fuqarolarning fikrini olishni tavsiya qildi. Eng yaxshi loyihani Toshkent shahar hokimligi tomonidan tasdiqlash uchun taqdim etishda fuqarolarning fikrlari e’tiborga olinadi.
Izoh (0)