Venesuela prezidenti Nikolas Maduro harbiy aralashuvga qarshi imzo yig‘ishni boshlashi haqida e’lon qildi, deya xabar beradi “Gazeta.ru”.
Imzolash 6-fevral, chorshanba kuni boshlanadi. Shundan so‘ng imzolangan hujjat Oq uyga topshiriladi.
“Men Venesuela xalqini AQSh hukumatining harbiy kuch ishlatish haqidagi tahdidlariga qarshi birgalikda kurashishga chaqiraman,” — dedi Maduro.
Venesuela muxolifat parlamentining raisi Xuan Guaydo o‘zini mamlakatning vaqtinchalik prezidenti deb e’lon qilgan. Bu voqea Venesuela prezidenti Nikolas Maduroga qarshi 23-yanvar kuni Karakasda o‘tkazilgan miting paytida sodir bo‘lgan. Bugungi kunda muxolifat yetakchisi Guaydo AQSh, Kanada, Lotin Amerikasi va Yevropa Ittifoqining ko‘plab mamlakatlarida qonuniy prezident sifatida tan olingan. Rossiya Maduroni qo'llab-quvvatlashini bildirgan.
Izoh (0)