Habib Nurmagomedovning menejeri Abdulaziz Alining ta’kidlashicha, Habib va Konor o‘rtasidagi adovat hali hanuz tugagani yo‘q. Bu haqda TMZ xabar beradi.
“Bu bola (Konor) yaxshisi orqa-oldiga qarab yursin va o‘zining xavfsizligini o‘ylasin. Revansh bo‘lib o‘tadi. Bu ko‘chada, avtoturargohda yoki ko‘prik tagida ro‘y berishi mumkin. Agar u og‘zini yopmasa, bu hali beri tugamaydi.
Konor Makgregor — o‘ta ketgan ahmoq, jirkanch odam. Ammo odamlar shunaqa bo‘lishini xohlayapti. U istagan gapini gapirishi mumkin. Oxir oqibat, qancha ko‘p gapirsa, shuncha o‘ziga tilab oladi”, — dedi Abdulaziz.
2018-yilning oktabr oyida yengil vazn toifasida Habib Konorni mag‘lub etgandi. Ijtimoiy tarmoqlarda ular o‘rtasidagi kelishmovchiliklar hozirgacha davom etmoqda.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)