Freyssinet fransuz qurilish kompaniyasi “O‘zbekiston temir yo‘llari” ehtiyojlari uchun yangi sement zavodi qurishni rejalashtirmoqda, deb yozadi “Podrobno.uz”.
Bu haqda fransuz kompaniyasi va “O‘zbekiston temir yo‘llari” vakillari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan muzokaralar davomida ma’lum qilindi.
“Tomonlar yangi sement zavodini tashkil etish masalalarini ko‘rib chiqdi. Uning faoliyati temiryo‘l kompaniyasi ehtiyojlarini qoplashga qaratiladi. Shuningdek, Samarqand viloyati Paxtachi tumanidagi qurilish uchun mo‘ljallanayotgan hududda geologik qidiruv ishlarini qayta o‘tkazish, yangi texnik qurilmalar va zamonaviy texnologiyalarni joriy etish haqida so‘z yuritildi”, — deya xabar beradi “O‘zbekiston temir yo‘llari”.
Fransuz ekspertlarining ta’kidlashicha, yangi korxonaning rejalashtirilayotgan ishlab chiqarish quvvati yiliga 1 million tonnaga yaqin yuqori sifatli sement mahsulotidan iborat bo‘ladi.
Izoh (0)