Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

“Kardiff” hujumchisi Emiliano Sala uchgan salomyotni qidirish bo‘yicha yangi tafsilotlar ma’lum qilindi.

Foto: Sky Sports

Foto: Sky Sports

Sky Sports’ning xabar berishicha, bortida Emilian Sala bo‘lgan Piper PA-47 Malibu samolyoti qoldiqlari topilgan. Bu haqda allaqachon Sala va uchuvchi Devid Aybbotsonning yaqinlariga xabar berildi.

Foto: Sky Sports

Foto: Sky Sports

Gernsi orollariga yaqin joylashgan La-Mansh bo‘g‘ozi hududida samolyot qoldiqlari topilgan. Ammo futbolchi va uchuvchi hamon topilgani yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, 3-fevral kuni suvosti qidiruv ishlari boshlangandi. Xususiy qidiruv operatsiyasi GoFundMe kraudfanding platformasida yig‘ilgan mablag‘lar hisobidan moliyalashtirilmoqda. Ayni vaqtda 300 ming yevrodan ortiq mablag‘ yig‘ilgan.

24-yanvar kuni Gernsi politsiyasi Sala uchgan samolyotni qidirish ishlarini to‘xtatgandi.

Salaning transferi “Kardiff” uchun rekord summaga aylandi. Argentinalik futbolchi Uels klubi bilan kelishuvga erishib, “Nant” klubidagi sobiq jamoadoshlari bilan xayrlashish maqsadida Fransiyaga kelgandi. Qaytishda esa uning samolyoti halokatga uchrgandi. U bilan birga samolyotda uchuvchi Devid Aybbotson ham bo‘lgan.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
O‘zbekistonda birinchi avtomatlashtirilgan smart sanitar-gigiyenik shoxobcha ishga tushirildi (foto)
Mahalliy
O‘zbekistonda 31-mart kuni 32 darajagacha issiq bo‘ladi
Mahalliy
Samarqanddagi eski tovuq fabrikasida gaz portladi