Yevropa Ittifoqi va Urugvay Venesuela bo‘yicha xalqaro aloqa guruhining birinchi vazirlik yig‘ilishini o‘tkazadi. Bu haqda Yevropa Ittifoqi diplomatik xizmatiga tayanib, “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Uchrashuv 7-fevral, payshanba kuni Montevideoda bo‘lib o‘tadi.
“Montevideoda bo‘lib o‘tadigan yig‘ilish vazirlar darajasida o‘tkaziladi”, — deya aniqlik kiritiladi Yevropa diplomatiyasi rahbari Federika Mogerini bayonotida.
Aloqa guruhining maqsadi Venesuelada siyosiy va tinchlik jarayoni uchun shart-sharoit yaratishdan iborat. Bu mamlakat fuqarolariga uning kelajagini erkin saylovlar yo‘li bilan belgilash imkonini beradi.
Unda Yevropa Ittifoqi va unga a’zo sakkiz davlat (Germaniya, Ispaniya, Italiya, Niderlandiya, Portugaliya, Buyuk Britaniya, Fransiya va Shvetsiya), shuningdek, Lotin Amerikasi mamlakatlari (Boliviya, Kosta-Rika, Urugvay va Ekvador) vakillari ishtirok etadi.
Izoh (0)