NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg o‘rta va qisqa masofaga uchuvchi raketalarni likvidlash to‘g‘risidagi bitim haqidagi masala yuzasidan fikr bildirdi. Unga ko‘ra, alyans Yevropada yangi yadroviy raketalarni joylashtirishni rejalashtirayotgani yo‘q. Bu haqda RBK xabar berdi.
“NATO Yevropada yadroviy qurollarni tarqatish niyatida emas,” — dedi bosh kotib.
U, shuningdek, NATO Rossiyaning harakatlariga javob berishni rejalashtirmayotganini ham aytgan.
AQShning da’vosi esa 9M729 rus raketasi bilan bog‘liq.
Vashingtonning talabiga ko‘ra, Moskva bu raketani yo‘q qilishi kerak. Rossiya hukumati esa bunga rozi emas.
U 9M729 raketasining shartnomaga to‘liq mos kelishini da’vo qilmoqda. Agar Rossiya bu raketalarni yo‘q qilmasa, AQSh bu shartnomadan voz kechishini aytgan.
AQSh Rossiyaning shu turdagi raketadan voz kechishga majbur qilish uchun yarim yil muddatga shartnomadan voz kechmoqchi.
Izoh (0)