O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 30-yanvar kuni Toshkent shahrida Islom Karimov haykali poyiga gulchambar qo‘ydi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Davlat rahbarining 2017-yil 25-yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimovning xotirasini abadiylashtirish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, har yili Birinchi Prezident tavallud topgan sana — 30-yanvar kunini keng nishonlash belgilangan.
Shavkat Mirziyoyev bugun Samarqand shahriga ham tashrif buyurib, Islom Karimovni xotirlash tadbirlarida ishtirok etadi.
Izoh (0)