• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12634.34
    • RUB162.37
    • EUR14821.34
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +31°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Samarqand viloyatida xorijga chiqish pasportlari uchun 20 yillik navbat hosil bo‘lishi rostmi?

    Kimningdir xabari bor, kimdir bexabar, yaqinda yangilik saytlardan birida Samarqand viloyatida chet elga chiqish pasportlari berilishi bilan bog‘liq jarayon tanqid qilingan. O‘sha maqola muallifi tomonidan quyidagi savollari qo‘yilgan: “Nega Samarqand viloyatida xorijga chiqish pasporti faqat bir joydan — Samarqand shahrining o‘zidan berilyapti? Katta navbat yuzaga kelyapti. Mana Toshkent shahrining har bir tumanda berilyapti. Samarqand viloyatida ham barcha tumanlarda berilsa bo‘lmaydimi?”.

    Foto: “Zamin.uz”

    Foto: “Zamin.uz”

    Maqola so‘nggida muallif taxminiy hisob-kitoblar asosida, agar vaziyat o‘zgarmasa, pasportlar uchun navbat 20 yilga cho‘zilishi mumkinligini aytgan.

    24-yanvar kuni aynan shu masalani o‘rganish uchun Samarqand viloyat IIB migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasiga tashrif buyurdim. Borsam, haqiqatan navbat katta ekan. Shundan so‘ng boshqarma xodimlaridan biriga o‘zimni tanishtirib, nima maqsadda kelganimni aytdim. Oldiniga u ma’lumotlarni faqat viloyat IIB matbuot xizmati orqali olishim mumkinligini aytdi. Unga yaqinda saytlardan birida shu mavzuda tanqidiy maqola chiqqanini, o‘sha maqola tufayli ayrimlarda xorijga chiqish pasporti olish jarayoni haqida turli noto‘g‘ri tushunchalar shakllangani, shu uchun bu mavzu o‘rganilib, odamlarga ma’lumot berilishi lozimligini tushuntirganimdan so‘ng ismini sir saqlash sharti bilan meni jarayon bilan tanishtirdi va bir qancha ma’lumotlarni berdi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Hujjat topshirish va suratga tushish ishlarida tanish-bilishchilikka yo‘l qo‘ymaslik maqsadida barmoq izi oladigan skaner va suratga tushirish ishlari katta zalda, shundoq odamlar ko‘z o‘ngida amalga oshirilmoqda. Jarayon bilan navbatda turgan odamlarni ozgina to‘siq ajratib turibdi xolos.

    Shuningdek, shu paytgacha barmoq izini oladigan skaner va suratga tushirish uskunasi ikkita ekan, uchinchisini o‘rnatishyapti. Bir-ikki kunda u ham ishlashni boshlaydi. Hozir ikkita uskunada kuniga 350 fuqaroning hujjatlari qabul qilinayotgan bo‘lsa, uchinchi uskuna ishga tushsa bu miqdor yana ortadi.

    Ish vaqti ertalab 8:00 dan kechki 20:00 gacha davom etadi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Yana bir muhim narsa. Oldinlari chetga chiqish stikerlari olish uchun haftaning uch kunida faqat hujjat qabul qilinib, qolgan uch kunida hujjat tarqatilgan bo‘lsa, xorijga chiqish pasportiga hujjat uzluksiz olti kun davomida qabul qilinmoqda.

    Yana bir muhim yangilik shuki, yilning ikkinchi yarmidan boshlab xorijga chiqish pasporti uchun hujjatlar har bir tumanning o‘zida qabul qilinadi. Hozir shu jarayonga tayyorgarlik ishlari davom ettirilmoqda ekan.

    O‘sha xodimning menga tushuntirishicha hozirgi katta navbatlar uzoqqa bormaydi va tez orada vaziyat ancha o‘nglanib odamlar uzoq navbat kutmasdan hujjat topshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Sababi, xorijga chiqish pasportlari berila boshlaganidan ushbu hujjatni olishni xohlagan aksariyat fuqarolar xuddi bu ish ozgina ishlab keyin to‘xtatilib qo‘yiladiganday birdaniga yopirilib hujjat topshirishga shoshildi. Ularni ham to‘g‘ri tushunsa bo‘ladi. Bir-ikki oy ichida ko‘pchilikning hujjati qabul, qilinib pasportlari topshirilgach, uzoq navbat kutishlar o‘z-o‘zidan yo‘qoladi. Qolaversa, yilning ikkinchi yarmidan hujjatlar har bir tumanning o‘zida qabul qilina boshlansa, navbat kutishlar umuman bo‘lmaydi.

    Foto: “Daryo”

    Foto: “Daryo”

    Eslatib o‘taman, joriy yilning 1-yanvaridan xorijga chiqish uchun ruxsat yozuvi stikerini (OVIR) rasmiylashtirish tartib-tamoyili bekor qilinib, xorijga chiqish uchun biometrik pasportlar berish (xorijga chiqish pasporti) tizimi joriy etildi.

    Hozirgi pasportlar bilan xorijga 2021-yilgacha chiqish mumkin bo‘ladi. Shu yilning 1-yanvarigacha rasmiylashtirilgan stikerlar esa ularda ko‘rsatilgan muddatgacha amal qiladi va endilikda ruxsatnoma yozuvi stikerlari o‘rniga xorijga chiqish pasporti berilyapti.

    Bu pasportdagi ruxsatnoma yozuvining stikerlaridan afzal tomoni uning 10 yil muddatga berilishidir. Ma’lumki, ruxsatnoma yozuvi stikerlari 2 yilgacha amal qilardi. Chet elga tez-tez chiqadigan fuqarolar uchun bu ortiqcha ovoragarchiliklarni keltirib chiqarardi.

    Xorijga chiqish pasportini olish uchun to‘lanadigan davlat boji eng kam ish haqining 120 foizini tashkil etadi. Ya’ni, bu ko‘rsatgich 2019-yil 1-yanvar kuni holatiga 243 276 so‘mni tashkil etmoqda. Faqatgina 16 yoshga yetmaganlar ushbu so‘mmaning 80 foizini (162 184 so‘m), O‘zbekistonda yashovchi, ammo fuqaroligi bo‘lmagan shaxslar esa yoshidan qat’iy nazar eng kam ish haqining 100 foizini (202 730 so‘m) to‘lashi lozim. Xorijga chiqish pasportini olish uchun davlat bojining qiymati yuqoriligi uning uzoq muddatga berilishi bilan izohlangan.

    Pasport 10 ish kuni davomida tayyorlanadi va xalqaro standartlarga to‘la javob beradi. Xususan, ushbu hujjatning amal qilish muddati tug‘ilgan kunidan 1 yoshgacha 2 yil, 1 yoshdan 16 yoshgacha 5 yil, 16 yoshdan katta bo‘lgan shaxslarga 10 yil etib belgilangan. Shuningdek, yangi tartib-qoidalarga asosan, 18 yoshdan 35 yoshgacha bo‘lgan qizlar bilan suhbat o‘tkazish tartibi bekor qilingan va ular umumiy asosda xorijga chiqish vizasini olishlari mumkin. Qolaversa, 15 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar xorijga ota-onalari yoki vasiylarning notarial tasdiqlangan ruxsati bilan hamrohsiz chiqish huquqiga ega.

    Xorijga chiqish biometrik pasportlari to‘q qizil rangda bo‘lib, 48 betdan iborat. Uning varaqlarida mamlakatning tarixiy-me’moriy yodgorliklari aks etgan. Bundan tashqari, xorijga chiqish pasporti suv belgilari, rangi o‘zgaruvchi bo‘yoq, muarli effekt, metallashtirilgan himoyaviy ip, laminatsiyalashtirilgan plyonka hamda pasport qobig‘iga joylashtirilgan elektron chipdan iborat.

    G‘ayrat Yo‘ldosh

    Muallif fikri tahririyat nuqtai nazaridan farq qilishi mumkin

    30.01.2019, 13:47   Izoh (0)   28269
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    O‘zbekiston Milliy banki xalqaro kapital bozorida 400 mln AQSH dollarlik obligatsiyalarni muvaffaqiyatli joylashtirdi


    Turizmdagi trendlar 2025: Xitoyda Markaziy Osiyoga – Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘izistonga qiziqish o‘smoqda


    Kia O‘zbekiston bozorini egallamoqda: 2025-yilning birinchi yarmida rekord darajadagi sotuvlar


    Ipak Yo‘li Bankdan Tradeloan: xalqaro bitimlarni moliyalashtirish


    O‘zbekistonda yangilangan HAVAL H6 rasman ishga tushirildi


    Centrum Air 25-iyuldan Toshkent — Seul to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslarini boshlaydi 


    “KAFOLAT sug‘urta kompaniyasi” AJning moliyaviy barqarorlik reytingi “Fitch Ratings” tomonidan “Ijobiy” prognozi bilan “B+” darajasida tasdiqlandi


    Neo Insurance — sug‘urta bozoridagi raqamli o‘zgarishlarning 2 yillik natijasi 


    Ipotekaga xonadon, sovg‘a sifatida esa — omborxona!


    BI Sad’O Business loyihasida ochiq eshiklar kuni bo‘lib o‘tdi va CHILLA aksiyasi boshlandi


    Chiqim va kirim: nazorat sari ilk qadam


    Ichkaridan nazar: Imzo fabrikasi qanday ishlaydi?


    Beeline Uzbekistan hududlarda raqamli rivojlanishni jadallashtirmoqda


    Central Asian University RUR va THE Impact Rankings 2025 xalqaro reytinglarida o‘z mavqeini mustahkamlamoqda


    InfinBANK’dan VISA kartasi endi Swoo Pay ilovasida

     

    Tavsiya etamiz

    Kreml soyasidagi jumboqlar: sirli ravishda vafot etgan rossiyalik tadbirkor va amaldorlar

    10 iyul, 20:40

    Isroilning G‘azodagi qirg‘ini yagona emas: Insoniyat tarixidagi eng yirik genotsidlar qanday sodir bo‘lgandi?

    10 iyul, 19:12

    Patriot: Isroil voz kechgan, Ukraina esa ko‘prog‘iga ega chiqishni istayotgan yarim asrlik tizim haqida nimalar ma’lum?

    8 iyul, 20:45

    “O‘lim sharbati”: SSSRda Stalindan so‘ng ikkinchi qudratli shaxs nomi berilgan qurol qanday paydo bo‘lgandi?

    6 iyul, 15:23
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    Salomatlik haqidagi zamonaviy tibbiyot allaqachon inkor qilgan yanglish fikrlar

    Salomatlik | 13 iyul, 08:39

    Putin Eronni yashirincha uranni boyitishdan voz kechishga chaqirdi

    Dunyo | 13 iyul, 08:25

    O‘zbekistonda muomalaga chiqarilgan bank kartalari soni keskin o‘sdi

    Iqtisodiyot | 13 iyul, 08:00

    AQSHda Trampga qarshi tergovlarga yordam bergan xodimlar ishdan bo‘shatildi

    Dunyo | 12 iyul, 23:50

    “Hech kimdan qo‘rqmayman” — Toshkentda tadbirkor bolalar maydonini egallab oldi, aholi norozi

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:37

    “Barcha zapravkalarda elektr quvvatlagichlar o‘rnatiladi” — transport vaziri Ilhom Mahkamov

    O‘zbekiston | 12 iyul, 23:27

    Hindistonda rossiyalik ayol ikki bolasi bilan changalzorda yashayotgani aniqlandi

    Dunyo | 12 iyul, 23:10

    Abbosbek Fayzullayev va “SSKA” — Rossiya Superkubogi sohibi (video)

    Sport | 12 iyul, 22:42

    Fransiyada Yangi Kaledoniya nomli yangi davlat tuzish to‘g‘risida bitim imzolandi

    Dunyo | 12 iyul, 22:35
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.