2018-yilning so‘nggi choragi yakunlari bo‘yicha 104 ta davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari o‘rtasida AKT reytingi o‘tkazildi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.
Reyting natijalariga ko‘ra, Davlat soliq qo‘mitasi eng yuqori ko‘rsatkich — 98,44 ball bilan 1-o‘rinni egalladi.
Unda davlat organlari faoliyati rasmiy veb-sayt va interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatish darajasi; axborot tizimlari va ma’lumotlar bazalari darajasi; axborot xavfsizligi darajasi; tashkiliy jihatdan baholash singari ko‘rsatkichlarga muvofiq baholangan.
Izoh (0)