Nevada Atletika komissiyasi Habib Nurmagomedov va Konor Makgregor o‘rtasida kechgan jangdan so‘ng bo‘lib o‘tgan janjal yuzasidan qaror chiqardi. Unga ko‘ra, rossiyalik jangchi 9 oyga janglardan chetlatildi hamda 500 ming AQSh dollari miqdorida jarima to‘laydigan bo‘ldi. Ushbu qarorga Habib munosabat bildirdi.
“Siyosat — abadiy”, — deb yozadi Habib o‘zining Twitter’dagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, irlandiyalik jangchi Konor Makgregor esa 6 oy oktagonga ko‘tarilmaydi va 50 ming dollar to‘laydi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)