Professional boksning super yengil (-63,5 kg) vazn toifasida ringga chiqayotgan Shohjahon Ergashevning (15 ta jang, 15 ta g‘alaba, 14 tasi nokaut bilan) WBA International kamari olib qo‘yildi, deb yozadi GoSport.
2018-yilning 28-aprel kuni Shohjahon Ergashev xitoylik Jimin Vangga qarshi ringga ko‘tarilgan va ochkolar bo‘yicha g‘alaba qozonib, mazkur chempionlik kamarini qo‘lga kiritgandi. Shundan so‘ng u 3 marotaba jang qilgan bo‘lsa-da, kamar himoyasi uchun jang qilmadi.
Professional boks yo‘nalishlari qoidalariga ko‘ra, odatda chempionlik kamarini 3 oyda bir marotaba himoya qilish zarur. Agar 6 oy ichida kamar himoya qilinmasa, bu o‘rin vakant sifatida qayd qilinishi va yangi jang belgilanishi mumkin bo‘ladi.
Ma’lumot uchun, ayni vaqtda Shohjahon Ergashev WBA reytingida 5, IBF reytingida 12-o‘rinni egallab turibdi.
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)