29-yanvar, seshanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi—2019 musobaqasining ikkinchi yarim final bahsi o‘tkaziladi.
Unda musobaqa mezboni BAA terma jamaosi Qatar termasiga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan soat 19:00 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, BAA musobaqaning chorak finalida Avstraliya ustidan kichik hisobda (1:0) ustun kelgan.
Qatar terma jamaosi esa Janubiy Koreya termasi bilan bellashib, Abdulaziz Hatamning yagona goli evaziga g‘alaba qozongandi (1:0) .
Ma’lumot uchun, 1/2 finalning dastlabki o‘yinida Yaponiya termasi Eron terma jamaosi darvozasiga javobsiz 3 ta gol urib, g‘alaba qozondi va final yo‘llanmasini naqd qildi.
Osiyo Kubogi—2019
29-yanvar, seshanba
1/2 final bahslari
Qatar—BAA 19:00
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)