2019-yil 27-yanvar kuni Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida yashagan E.O‘.ning yuz qismida tan jarohatlari bilan jasadi topilgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni 26-yanvar soat 22.00 larda E.O‘.ning birga yashovchi, turmush o‘rtog‘i, uy bekasi U.O‘. uyida o‘zaro janjal sabab mast holda bo‘lgan E.O‘.ning yuziga shisha idish bilan tanasining turli joylariga urib-tepib jarohat yetkazganligi aniqlanib, ushlandi. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Izoh (0)