Los-Anjelesda AQSh aktyorlar gildiyasining 25-taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda RBK xabar berdi.
Аsosiy va ikkinchi darajali rollarning eng yaxshi ijrosi uchun bosh mukofotni “Qora pantera” filmi egalladi. Unda Chedvik Bouzman, Maykl Bakari Jordan, Lyupita Niongo, Danay Gurira kabi aktyorlar rol ijro etgan. Film o‘tgan yilning fevral oyida sotuvga chiqqan bo‘lib, 1 milliard dollar foyda ko‘rgan.
“Bogemskaya rapsodiya” filmida Freddi Merkyuri rolini ijro etgan Rami Malek eng yaxshi aktyor mukofotini oldi. U ham “Oskar” mukofotiga nomzod etib ko‘rsatilgan.
Eng yaxshi aktrisa mukofoti esa Glenn Klouzga “Jena” (Rafiqa) filmidagi roli uchun berildi.
Kinoaktyorlar gildiyasi — Amerika kino sanoati sohasida faoliyat yurituvchi 150 mingdan ortiq aktyor, jurnalist va radioboshlovchilardan iborat. Mukofotlash jarayoni 1995-yildan boshlangan bo‘lib, ularning barcha a’zolari g‘oliblarni tanlash huquqiga ega.
Joriy yilda “Oskar” mukofotini topshirish marosimi 24-fevral kuni Los-Anjelesda bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)