Hayvonlarning ahvoli yaxshi, ular aynan mana shu tarzda qishni boshdan kechiradi, deya xabar beradi “TJournal”.
Shallotte River Swamp Park’da timsohlar o‘zi yashaydigan botqoq bilan birga muzlab qolgan. Chetdan qaraganda ular go‘yo o‘likday ko‘rinadi: harakat qilmaydi va hech narsaga munosabat bildirmaydi, tepalikda esa ularning yuzlari va burunlar ko‘rinadi.
Aslida ular chuqur uyquga ketgan bo‘lib, boshining bir qismini nafas olish uchun tashqarida qoldiradi.
Bu holatda ular bir necha oy qoladi: ushbu davr mobaynida ularda modda almashinuvi sekinlashadi va shu sababli organizm ozuqaga muhtojlik sezmaydi. Bundan tashqari ular quvvatni ushlab turish uchun tana haroratini pastlatadi.
Muz eriganida esa timsohlar tirilib, odatiy hayot tarziga qaytadi.
Izoh (0)