O‘zbekiston milliy terma jamoasi hamda Toshkentning “Lokomotiv” klubi darvozaboni Ignatiy Nesterov Saudiya Arabistonining “Uhud” klubi bilan shartnoma imzoladi. Bu haqda “temiryo‘lchilar”ning rasmiy saytida xabar berildi.
Ignatiy Nesterov 2014-yildan buyon “Lokomotiv” sharafini himoya qilib kelayotgan edi. Darvozabon 4 yillik faoliyati davomida “temiryo‘lchilar” tarkibida 160 ta o‘yinda maydonga tushdi va jamoaning mamlakat chempionligini ketma-ket uch marta qo‘lga kiritilishida muhim rol o‘ynadi.
Shuningdek, darvozabon O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida jami 5 ta Osiyo Kubogida qatnashdi va bu borada musobaqa rekordchisiga aylandi.
Ignatiy Nesterovning statistikasi
- 2001-yil — “Dinamo” (24 o‘yin)
- 2002—2009-yillar — “Paxtakor” (192 o‘yin)
- 2010—2013-yillar — “Bunyodkor” 137 o‘yin
- 2014—2018-yillar — “Lokomotiv” 160 o‘yin
- 2002—2019-yillar — O‘zbekiston milliy terma jamoasi 106 o‘yin
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)