Jahonning birinchi raqamli tennischisi Novak Jokovich Australian Open musobaqasi finalida Rafael Nadalni mag‘lub etdi.
Novak 2 soat davom etgan bahsda Nadalni 3 setda 6:3, 6:2, 6:3 hisobida mag‘lub etdi va ketma-ket 3-bor “Katta dubulg‘a” turkumidagi musobaqa sovrinini qo‘lga kiritdi.
Bu Jokovichning karyerasidagi 15-sovrini bo‘ldi. Tennischi Melburnda o‘tgan musobaqaning 7-karra g‘olibiga aylandi (avvalroq 2008, 2011/13, 2015—2016-yillarda ham g‘alaba qozongan) va rekord o‘rnatdi.
31 yoshli serbiyalik Australian Open musobaqasi 7 karra chempionligi sabab Roy Emerson va Rojer Federerni quvib o‘tib, yaqqol rekordchiga aylandi.
“Katta dubulg‘a” turkumidagi umumiy sovrinlar soni bo‘yicha Nadal (17 ta) va Federer (20) keyin 3-o‘ringa ko‘tarilib oldi (4-o‘rinda Pit Sampras bormoqda).
Jokovich va Nadal “Katta dubulg‘a” musobaqalarida o‘zaro 15 marta to‘qnash kelib, bu borada Jokovich—Federer rekordini takrorladi.
32 yoshli Nadal esa “Katta dubulg‘a” musobaqalari finalida ilk bor bitta setni ham o‘z foydasiga hal qila olmadi.
Australian Open
Melburn, Avstraliya
14—27-yanvar kunlari
“Katta dubulg‘a” musobaqasi
Yutuq jamg‘armasi — 60 million Avstraliya dollari
Ochiq kort, xard
Yakkalik bahslar
Final
Novak Jokovich (Serbiya)—Rafael Nadal (Ispaniya) 6:3, 6:2, 6:3
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)