• Profilga Kirish
  • 1751972643_633.png 1751972643_245.png 1751959824_218.svg 1751959824_520.svg

  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
Ўзбекча
Русский
English
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • O'zb
  • Ўзб
  • Рус
  • Eng
  • So‘nggi yangiliklar
  • Asosiy yangiliklar
  • Eng ko‘p o‘qilgan
  • Kolumnistlar
    • USD12672.81
    • RUB158.89
    • EUR14753.69
    • Google play
    • App Store
    • Telegram
    • Toshkentda
      +33°C
      • Andijon
      • Qarshi
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Farg‘ona
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Termiz
      • Namangan
      • Toshkent
      • Navoiy
      • Toshkent vil
      • Nukus
      • Urganch
    • Daryo
      • Internet-nashr
      • Tahririyat haqida
      • Aloqa ma'lumotlari
      • Foydalanish shartlari
      • Maxfiylik siyosati
      • Yangiliklar arxivi
    • Reklama
    • Ijtimoiy tarmoqlar
      • Instagram | Rasmiy
      • Instagram | Lifestyle
      • Instagram | Sport
      • Facebook | Rasmiy
      • OK | Rasmiy
      • YouTube | Daryo
      • YouTube | Daryo Rus tilida
      • YouTube | Daryo Global
    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte
    Daryo logo white
    • O‘zbekiston
      • Boshqalar
      • Navoiy
      • Toshkent viloyati
      • Sirdaryo
      • Jizzax
      • Qashqadaryo
      • Surxondaryo
      • Xorazm
      • Buxoro
      • Samarqand
      • Namangan
      • Farg‘ona
      • Andijon
      • Qoraqalpog‘iston
      • Toshkent sh.
      • Mehridaryo
      • Ob-havo
    • Markaziy Osiyo
      • O‘zbekiston (Mahalliy)
      • Afg'oniston
      • Qirg‘iziston
      • Qozog‘iston
      • Turkmaniston
      • Tojikiston
    • Dunyo
    • Pul
      • Biznes
      • Iqtisodiyot
      • Moliya
      • Kripto
    • Madaniyat
      • Kino
      • Kitob
      • Musiqa
      • Shou-biznes
    • Layfstayl
      • Ayollar sahifasi
        • Farzand
        • Go‘zallik
        • Karyera
        • Maslahatlar
        • Moda
        • Retseptlar
      • Texnologiyalar
        • Arxitektura
        • Gadjetlar
        • Ilm-fan
        • Koinot
        • Media
      • Avto
      • Qo‘ziqorin
      • Sayohat
      • Salomatlik
      • Ta’lim
        • Abituriyent
        • Ingliz tilini o’rganamiz
    • Sport
      • Futbol
      • UFC
      • Boks
    infinix
    Daryo.uz - Login
    Daryo.uz Daryo.uz
    Daryo.uz - Login
    O‘zbekiston

    Buxoroning Eski shahrida rekonstruksiya: Fuqarolar ayvonlari buzilib, daraxtlar kesilayotganidan norozi

    Ko‘hna Buxoroning Eski shahar qismidagi Mirzo G‘afur ko‘chasini kengaytirish ishlari doirasida aholi xonadonlariga tutash ayvonlar buzib, daraxtlar kesilmoqda. Xonadonlar suv va elektr tarmog‘idan uzib qo‘yildi.

    Salima Fayozova xonadoni.

    Salima Fayozova xonadoni.
    Foto: “Daryo”
    Shu yilning 21-yanvar kuni tong saharda hech birimizni ogohlantirmay, asossiz ravishda kelib, notanish odamlar rekonstruksiya boshlaymiz, deya ko‘chaboshi ayvonlarimizni, ayrimlarning uylarini yiqitishdi. Hovlimizni elektr energiyasi va suv ta’minotidan uzib qo‘yishdi. Qayta sozlab berishni so‘raganimizda “Buyog‘ini o‘zlaringiz to‘g‘rilab olasizlar”, deb e’tibor ham qilishmadi. Cholu kampir uyda yolg‘iz yashaymiz. Qo‘limizdan nima ham kelardi. Qo‘ni-qo‘shnilarda ham ahvol shu. “Har kim o‘zi sozlaydi”dan nariga o‘tishmaydi. Simyog‘ochlardan simlar osilib yotibdi. Ko‘chaning o‘ydim-cho‘ydim qilib tashlangani suv quvurlarimizga ham shikast yetkazgan. Bir necha kundan buyon xonadonlarimizga suv kirmay qolgan. Bizning tashvishlarimiz-ku, mayli, ammo hududda joylashgan 42-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi ham juda ayanchli ahvolda.Mirzo G‘afur ko‘chasi fuqarosi Salima aya Fayozova

    42-MTM.

    42-MTM.
    Foto: “Daryo”
    Ertalab, chamasi, soat oltilarda o‘zini tanishtirmagan kishilar darvozam to‘siniga ulangan ayvonni buzib tashlashdi. Uyimga yaqinroq joydagi daraxtlarni ham kesishdi. Ur-yiqitlariga e’tiroz bildirgan edim, inobatga olishmadi.Fuqaro Shuhrat G‘aniyev

    Foto: “Daryo”

    Fuqarolar murojaati yuzasidan Buxoro shahridagi Mirzo G‘afur ko‘chasiga borganimizda ko‘chada rekonstruksiya ishlari boshlanganiga guvoh bo‘ldik. Haqiqatan, ko‘chaning har ikki tomonida joylashgan xonadonlar old qismi kovlangan. Simyog‘ochlardan simlar osilib yotibdi. Daraxtlar kesilgan. Ayrim xonadonlarga kiruvchi elektr energiyasini o‘tkazuvchi simlar uzib tashlangan.

    Foto: “Daryo”

    Rekonstruksiya jarayonida birorta fuqaroning yashash uyi buzilmagan. Faqatgina, bir nechta xonadonlarning darvozaxonasiga tutash qilib noqonuniy qurilgan qo‘shimcha ayvonlar bartaraf qilingan.

    Foto: “Daryo”
    Noqonuniy qurilishlarni buzishdan oldin fuqarolarga ularning qo‘shimcha qurilishlari shaharsozlik norma va qoidalariga mos kelmaganligi uchun buzilishi yuzasidan ogohlantirish xatlari berilgan. Ayrim xonadon egalari tomonidan ayvonlar haddan ziyod noqonuniy kengaytirilgan. Oqibatda tor, egri-bugri ko‘chalar hosil bo‘lgan. Odamlarning munosib turmush kechirishi uchun mutlaqo sharoit yo‘q edi. Bu holat eski shahar qiyofasiga yarashmay turgan edi. Ikkinchi yildirki, Buxoroning Eski shahar qismida juda keng ko‘lamda bunyodkorlik ishlari bajarilmoqda. Ushbu rekonstruksiya va obodonlashtirish bilan bog‘liq chora-tadbirlar hududning zamonaviy ko‘rinishini ta’minlashga qaratilgan.Qahramon Do‘stov, Buxoro shahar hokimi o‘rinbosari

    Yangi lotoklar.

    Yangi lotoklar.
    Foto: “Daryo”
    Barcha bino va inshootlar ta’mirlanadi, jumladan, hududdagi o‘quv binolari, maktabgacha ta’lim muassasalari, hunarmandlar rastalarigacha qayta quriladi.
    Ayni paytda Mirzo G‘afur ko‘chasi hududidagi 800 metr uzunlikdagi yo‘l kengaytirilib, rekonstruksiya qilinmoqda. Ikki tomonlama yo‘l qurishga to‘siq bo‘lgan har qanday noqonuniy qurilma, ayvonlar, shuningdek, daraxtlar olib tashlandi. Bunyodkorlik ishlari davomida keng, tekis avtomobil yo‘li, piyodalar yo‘laklari quriladiIlhom Mirzoyev, “Buxoroyo‘lsanoat” MChJ rahbari

    42-MTM.

    42-MTM.
    Foto: “Daryo”
    Ta’kidlanishicha, hududdagi 42-sonli maktabgacha ta’lim muassasasi mahalliy budjet mablag‘lari evaziga qayta qurib, yangi va zamonaviy ko‘rinishda foydalanishga topshiriladi. Shuningdek, 15-umumiy o‘rta ta’lim maktabida ham bunyodkorlik ishlari boshlangan.
    Joriy yilning 21-yanvaridan buyon Mirzo G‘afur ko‘chasida keng miqyosda rekonstruksiya ishlari amalga oshirilmoqda. Ko‘chada tungi yoritish chiroqlari o‘rnatiladi. Aytish joizki, yerosti suv quvurlarining o‘rnatilishi, simyog‘ochlarda yangi elektr simlarining ulanishi, albatta, muhandislik-kommunikatsiya ishlarini bajarishni talab qiladi. Bu o‘z-o‘zidan elektr energiyasi ta’minotida qisqa uzilishlar uchrashini keltirib chiqarishi tabiiy hol. Elektr energiyasi tizimida ichki va tashqi uzilishlar sodir bo‘lgan xonadonlarda ham sozlash ishlari yakunlanadi. Bu ishlar birorta fuqaro zimmasiga ortib qo‘yilmaydi. Yaqin kunlarda aholi mutlaqo zamonaviy ko‘rinishdagi bunyodkorlik ishiga guvoh bo‘ladi.Abdulla Nurullayev, Buxoro shahar elektr tarmoqlari korxonasi rahbari

    Yangi elektr simlari o‘tkazilmoqda.

    Yangi elektr simlari o‘tkazilmoqda.
    Foto: “Daryo”

    Bildirilishicha, Eski shahar bo‘ylab hali mavjud tarixiy obidalarni ta’mirdan chiqarishdan tashqari, ko‘chalarni kengaytirish va tiklash ishlari davom etadi.

    27.01.2019, 13:10   Izoh (0)   43213
    Facebook Twitter LinkedIn Telegram Email

    Izoh (0)

    Kirish
    Javob qoldiring Bekor qilish

    Mavzuga doir

    O‘zbekiston iqtisodiy erkinlik reytingida 140-o‘rinni egalladi

    27.01.2019, 11:58

    Farg‘onada shahar-tuman Xalq qabulxonalariga Cobalt avtomobillari topshirildi (foto)

    27.01.2019, 11:52

    Xalq qabulxonalari faoliyati yangicha asosda tashkil etiladi

    27.01.2019, 11:00

    Uzbekistan Airways Moskvaga uchayotgan yo‘lovchilarni ogohlantirdi

    27.01.2019, 10:40

    Shavkat Mirziyoyev Avstraliya general-gubernatori Piter Kosgrouvni tabrikladi

    27.01.2019, 08:55

    Namanganda maktabga ajratilgan ko‘mirni uyiga tashiyotgan xo‘jalik mudiri ushlandi

    27.01.2019, 08:40
    ×Lightbox Image

    Daryo.uz | Sizning muammoingiz yechimi


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi 


    Hayot Bank “Yashil yurak” nomli keng ko‘lamli ekologik tashabbusni e’lon qildi. Avgust oyidan boshlab O‘zbekiston bo‘ylab Hayot Bankning har bir yangi omonatchisi uchun bitta daraxt ekiladi


    Oliy ta’lim yetakchilari Toshkentda birinchi QS Eurasia Forum’da birlashadi


    30-iyul kuni Toshkentda BYD innovatsion mobil moduli o‘z faoliyatini boshladi


    BI Group biznes-toifa xonadon yutuqli o‘yini:Toshkentdagi mavsumning asosiy tadbiri qanday o‘tdi


    “Yandex Uzbekistan” informatika o‘qituvchilari uchun ta’limda sun’iy intellekt etikasiga oid intensiv kurslar tashkil etdi


    Chery O‘zbekistonda sotuvlar bo‘yicha mutlaq rekord o‘rnatmoqda


    IMZOning Engelberg premium derazalari Niderlandiyaga eksport qilindi


    7 yilga penyalarsiz bo‘lib to‘lash imkoniyati — 2025-yil oxirigacha premium-klass kottejlarni qulay muddatli to‘lov asosida xarid qiling! 


    Ohangaronda “Turon Enduro Uzbekistan Cup” enduro mototsikl musobaqasi bo‘lib o‘tadi 


    Biznesga birinchi qadam — “Lux”: Universal bankdan 100 million so‘mgacha imtiyozli kredit


    Avgust sovg‘alari: Centrum Air 155 ta aviachiptani tortiq qiladi!


    Dividendlar nima: ular qanday ishlaydi va investorlar qanday foyda oladi?


    BYD rasmiy dileri Beni Motors Samarqandda BYD Sealion 7 flagman krossoverini taqdim qildi


    “Omad mavsumi” UZCARD bilan: uch bosqich, uchta sayohat va bosh sovrin — elektromobil 

     

    Tavsiya etamiz

    Audio Icon

    Samoga sochilgan yulduzlar: “Paxtakor 79” voqeasiga 46 yil bo‘ldi

    11 avgust, 10:09

    Tobutga yashirilgan og‘u: Vyetnam urushi paytida AQSHga harbiy samolyotlarda geroin tashigan jinoyatchi kim edi?

    10 avgust, 21:42

    Dengizlarga aylangan daryolar: dunyodagi eng yirik GESlar qayerda barpo etilgan?

    9 avgust, 13:45

    Olimlar nufuzli iqlim tadqiqotida xatolik topdi. Aybdor O‘zbekiston bo‘lib chiqdi — WP

    8 avgust, 12:54
     
     
     

    So‘nggi yangiliklarga o‘tish

    “Xotiramni yo‘qotib qo‘yishni istagandim” — aktrisa Huvaydo Jumayeva oila sabab san’atdan ketishga rozi bo‘lgani haqida gapirdi (video)

    Shou-biznes | 11 avgust, 23:00

    Toshkentdagi “Uch qahramon” bozorining 40 foizi yonib ketgani maʼlum bo‘ldi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 22:53

    O‘zbekistonda yashirin iqtisodiyot hajmi yalpi ichki mahsulotning 35 foiziga tengligi ochiqlandi

    O‘zbekiston | 11 avgust, 22:40

    Janubiy Xitoy dengizida Xitoy va Filippin kemalari to‘qnashdi (foto, video)

    Dunyo | 11 avgust, 22:35

    Antarktidada 65 yil avval halok bo‘lgan britaniyalik tadqiqotchining qoldiqlari topildi

    Dunyo | 11 avgust, 22:25

    Qirg‘iziston prezidenti ko‘pxotinlilik uchun jinoiy jazoni bekor qilishga qarshi chiqdi

    Dunyo | 11 avgust, 22:15

    Superliga. “Dinamo” o‘z maydonida “Paxtakor” bilan durang o‘ynadi

    Sport | 11 avgust, 22:10
    Daryo About Us

    “Daryo” internet-nashrining (O‘zbekiston matbuot va axborot agentligi (O‘zMAA, hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi) tomonidan 13.03.2015 yil sanasida 0944-sonli guvohnoma bilan ommaviy axborot vositasi sifatida ro‘yxatga olingan. Matnli materiallarni to‘liq ko‘chirish yoki qisman iqtibos keltirishga, shuningdek, fotografik, grafik, audio va/yoki videomateriallaridan foydalanishga “daryo.uz” saytiga giperhavola mavjud bo‘lgan va/yoki “Daryo” internet-nashrining muallifligini ko‘rsatuvchi yozuv ilova qilingan taqdirda yo‘l qo‘yiladi. Chop etiladigan ba’zi ma’lumotlar 18 yoshga to‘lmagan foydalanuvchilarga mo‘ljallanmagan bo‘lishi mumkin. Info@daryo.uz

    Telegram Youtube Facebook Instagram Twitter vkontakte

    © «Simple Networking Solutions» MChJ, 2013–2025

    Yosh bo‘yicha cheklov

    Xato topdingizmi? Ctrl+Enter’ni bosing

    • Foydalanish shartlari
    • Maxfiylik siyosati
    • Reklama
    Nimani qidiramiz?

    Sign In or Register

    Xush kelibsiz!

    Tizimga kiring yoki Roʻyxatdan oʻting.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Roʻyxatdan oʻting

    Roʻyxatdan oʻtganmisiz? Login.

    Google

    yoki E-Pochta orqali

    Sizga parol elektron pochta orqali yuboriladi.

    Izoh qoldirishingiz, Foydalanish shartlari va Maxfiylik siyosati shartlarini qabul qilganingizni anglatadi

    Matnda xato topdingizmi?

    ×

    Rahmat. Biz sizning xabaringizni oldik va xatoni imkon qadar tezroq tuzatamiz.