AQSh prezidenti Donald Tramp Kongress tomonidan qabul qilingan va qator idoralarning 15-fevralgacha bo‘lgan vaqtinchalik budjetini ta’minlovchi hujjatni imzoladi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Taxminlarga ko‘ra, kelgusi uch hafta davomida uzoq muddatli budjet bo‘yicha muzokaralar bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq, AQSh senati shatdaunni 35 kunlik muddatga to‘xtatib qo‘yish uchun mo‘ljallangan qonun loyihasini qo‘llab-quvvatlagan edi.
Qonun loyihasi bugungi kunda budjetsiz qolgan vazirlik va idoralarni moliyalashtirishga mo‘ljallangan.
Izoh (0)