Peruning San-Martin provinsiyasida turistlarni olib ketayotgan avtobus daryoga quladi. Bu haqda “Korrespondent.net” xabar bermoqda.
Hodisa oqibatida 26 kishi jarohatlandi, ular kasalxonaga yetkazilgan. Uch kishi, jumladan, ikki nafar bola, bedarak yo‘qolgan.
Avtobusda falokat chog‘ida 50 kishi bo‘lgani bildirilmoqda.
Izoh (0)