26-yanvar, shanba kuni Italiya chempionatining 21-tur bahslari boshlanadi.
Turning markaziy o‘yinlaridan biri Jennaro Gattuzo qo‘l ostidagi “Milan” klubi hamda Karlo Anchelotti boshliq “Napoli” jamoasi o‘rtasida kechadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan tungi soat 00:30 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, ayni damda “Napoli” musobaqa jadvalida 2-o‘rin, “Milan” esa 4-pog‘onada bormoqda.
27-yanvar, yakshanba kuni Rimning “Roma” klubi mehmonda “Atalanta” bilan jang qiladi. Bellashuv soat 19:00 da start oladi.
Ma’lumot uchun, “Roma” hisobida 33 ochko (5-o‘rin), “Atalanta”da esa 31 ochko (7-o‘rin) mavjud.
Shu kuni turning yana bir markaziy o‘yini — “Latsio” va “Yuventus” klublari orasida bo‘lib o‘tadi. To‘qnashuvga tungi vaqt bilan 00:30 da start beriladi.
Hozirda Massimiliano Allegri boshqaruvidagi “Yuventus” jamoasi 56 ochko to‘plagan holda musobaqa jadvalini boshqarib bormoqda.
20-tur o‘yinlaridan so‘ng musobaqa jadvalidagi holat:
A Seriya
21-tur bahslari
26-yanvar, shanba
“Sassuolo”—“Kalyari” 19:00
“Sampdoriya”—“Udineze” 22:00
“Milan”—“Napoli” 00:30
27-yanvar, yakshanba“Kyevo”—“Fiorentina” 16:30
“Parma”—SPAL 19:00
“Atalanta”—“Roma” 19:00
“Bolonya”—“Frosinone” 19:00
“Torino”—“Inter” 22:00
“Latsio”—“Yuventus” 00:30
28-yanvar, dushanba“Empoli”—“Jenoa” 00:30
Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)