24-yanvar, payshanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi—2019 musobaqasining 1/4 final bahslari doirasida birinchi uchrashuv o‘z nihoyasiga yetdi.
Unda Yaponiya terma jamoasi Vyetnam termasiga qarshi maydonga tushdi va 57-daqiqada Ritsu Doanning penaltidan kiritgan yagona goli evaziga g‘alabani ilib ketdi.
Ma’lumot uchun, Yaponiya terma jamoasi musobaqaning yarim finalida Xitoy—Eron uchrashuvi g‘olibi bilan bellashadi.
Osiyo Kubogi—2019
1/4 final bahslari
24-yanvar, payshanba
Vyetnam—Yaponiya 0:1
Gol: 0:1 — 57, penalti, Doan.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)