24-yanvar, payshanba kuni futbol bo‘yicha Osiyo Kubogining chorak final bahslari doirasida navbatdagi bellashuv yakunlandi.
Mazkur o‘yinda Eron terma jamoasi Xitoyni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratdi (3:0).
1-bo‘limning 18-daqiqasida Mehdi Taremi birinchi golga mualliflik qilgan bo‘lsa, 31-daqiqaga kelib Sardor Azmun hisobni 2:0 ko‘rinishiga olib keldi.
Uchrashuvning so‘nggi daqiqalarida Karim Ansorifard Xitoy darvozasini ishg‘ol qilib, hisobni yiriklashtirdi.
Ma’lumot uchun, Eron termasi Yaponiyaga qarshi musobaqaning final bosqichi uchun kurash olib boradi.
Osiyo Kubogi—2019
1/4 final bahslari
24-yanvar, payshanba
Xitoy—Eron 0:3
Gollar: 0:1 — 18 Taremi, 0:2 — 31 Azmun, 0:3 — 90 Ansorifard.Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!
Izoh (0)