Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

23-yanvar, chorshanba oqshomida futbol bo‘yicha Angliya Liga Kubogining 1/2 final dastlabki javob uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Foto: Twitter/@ManCity

Foto: Twitter/@ManCity

Unda Xosep Gvardiola qo‘l ostidagi “Manchester Siti” klubi “Byorton” maydoniga safar qildi.

Uchrashuvning 26-daqiqasida Serxio Agueroning kiritgan yagona goli “shaharliklar”ga ikkinchi o‘yinda ham g‘alaba keltirdi. Va ular shu tariqa musobaqaning final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.

Eslatib o‘tamiz, “mankunianlar” birinchi o‘yinda “Byorton”ni 9:0 hisobida yenggan edi.

Ma’lumot uchun, bugun, 24-yanvar kuni musobaqaning ikkinchi 1/2 final o‘yinida “Chelsi” klubi “Tottenhem”ga qarshi maydonga tushadi.

Angliya Liga Kubogi

1/2 final bahslari

24-yanvar, payshanba

“Byorton”—“ Manchester Siti” 0:1

Gol: 1:0 – 26 Aguero.

“Byorton”: Kollins, Akins, Makfadzin, Terner (Hatchinson, 40), Makkrori, Kuinn (Foks, 46), Velles, Harness, Miller, Templton, Boys (Daniel, 77).

“Manchester Siti”: Murich, Danilo, Sandler, Zinchenko (Nmecha, 67), Garsiya, Foden, De Bryuyne (Mendi, 63), Delf, Aguero (Jezus, 63), Poveda, Mahrez.

Yanada ko‘proq futbol va sport yangiliklaridan boxabar bo‘lishni istasangiz, “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy sport kanali — @daryo_sport’ga obuna bo‘ling!

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Abdulla Aripov Shinjon-Uyg‘ur avtonom rayoni partiya kotibi bilan uchrashdi
Turkmaniston
Turkmaniston Arqadag‘ shahri loyihasini BMT Bosh assambleyasida taqdim etadi
Dunyo
Fransiya prezidentini ijtimoiy tarmoqda haqorat qilgan ayol hibsga olindi